"Roma" Vestergorning transferi borasida "Sautgempton" bilan muzokaralar olib bormoqda

Alisher
10 iyul 2021, 11:27
"Sautgempton" himoyachisi Yannik Vestergor faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, 28 yoshli daniyalik futbolchiga "Roma" qiziqish bildirmoqda.

Italiya klubi o'yinchining transferi borasida "Sautgempton" bilan muzokaralarni boshlab yubordi.

Vestergor o'tgan mavsum APL doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira