Futbolchi hushidan kyetib qolgani tufayli "Roma" – "Udineze" o'yini oxiriga etmay qoldi - himoyachi zudlik bilan shifoxonaga olib ketildi

Sherzod Nurmatov
14 apr 2024
A Seriya doirasidagi "Udineze" – "Roma" uchrashuvi to'xtab qoldi.

Bu 32-tur doirasidagi bahs 1:1 hisobida yakunlanishiga 18 daqiqa qolganida sodir bo'ldi. 

"Roma" himoyachisi Evan N'Dika to'satdan o'zini yomon his qilib, yiqilib tushdi, ammo u sheriklariga ko'krak qafasidagi og'riq haqida xabar berishga ulgurdi.



Shundan so'ng hakam himoyachida hammasi joyida ekanligiga ishonch hosil qilish uchun rimliklarga 2 daqiqa vaqt berdi. Holat "Roma" futbolchilarini jiddiy xavotirga solgani uchun referi Luka Payretto muhokamalardan so'ng o'yinni butkul to'xtatishga qaror qildi.

Endi o'yin to'xtatilgan vaqtdan boshlab boshqa kuni yakunlab qo'yiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport