

"Atletiko"da to'p tepganim "Real"da o'ynashimga to'sqinlik qilmaydi. Bu yo'lni bosib o'tgan boshqa futbolchilar ham bor. To'g'ridan-to'g'ri bo'lmasa-da, vaqt o'tishi bilan jamoasini o'zgartirganlar. Dunyoning eng yaxshi klublaridan biriga rad javobini berib bo'lmaydi.
Men yana Ispaniyada, Madridda, La Ligada o'ynashni xohlardimmi? Ha, albatta, qaytishni istardim. Shartnomam tugashiga bir yil qoldi va biz o'tirib, hamma narsani muhokama qilishimiz kerak bo'lgan vaqt keladi", – dedi Rodri.



