Robben faoliyatini yakunladi

Mirjalol Normatov
4 iyul 2019
"Bavariya" futbolchisi Aren Robben futboldagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

"O'tgan haftalar davomida o'tmishim haqida hayollar o'tkazdim. "Bavariya" tarkibidagi so'nggi o'yinimdan keyin esa kelajagim borasida o'ylashga ko'p vaqt bo'ldi. Ammo professional futboldagi faoliyatimni shu yerda yakunlashga qaror qildim", - dedi Robben.

Gollandiyalik futbolchi faoliyati davomida 8 karra Bundesliga, 2 karra APL, 1 bora Ispaniya chempioni, 5 karra Germaniya, 2 marta Angliya Kubogi sohibi, 1martadan YCHL chempionligi va UEFA superkubogi va turli sovrinlarni qo'lga kiritgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild