Turkiya Superligasi. "Rizespor" o'z maydonida mag'lubiyatga uchradi, Aliqulovdan avtogol

Alisher
16 mar 2025, 17:31
Turkiya Superligasi 28-tur doirasidagi "Rizespor" - "Bodrumspor" o'yini bo'lib o'tdi.

Mezbonlar himoyachisi Husniddin Aliqulov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 45+3 daqiqada jarohat sabab almashtirildi. Afsuski, hamyurtimiz o'yinning 22-daqiqasida o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. Bunga qadar 40-daqiqada Samet Akaydin ikkinchi sariq kartochkasini olib, mezbonlarni qiyin holatda qoldirdi.

"Rizespor" o'z maydonida 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.



AlisherMuallif
Manba: championat.asia