"Rivojlanish Kubogi". O'zbekiston U-17 Ozarbayjonni mag'lub etdi

Mirjalol Normatov
20 fev 2026
O'zbekiston U-17 terma jamoasi Minskda “Rivojlanish kubogi” doirasida Ozarbayjonga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvda ozarbayjonliklar 5-daqiqadayoq tezkor gol urgan bo'lsa-da, hamyurtlarimiz yakunda ishonchli g'alaba qayd etdi.

Ozarbayjon - O'zbekiston 1:3

Gollar: Asilbek Aliev (40), Jahongirmirzo O'ktamboev (45), Mirkomil Murodov (62).

Boshlang'ich tarkib: Olim Shomurodov (s), Mirjamol Anvarov, Elsevar Olimov, Abubakir Rahimov, Adis Abdunabiev, Islom Ravshanov, Mikromil Murodov, Muhammad Mamatov, Jahongirmirzo O'ktamboev, Asilbek Aliev, Ahrorbek Ravshanov. 

Zaxiradagilar: Denis Juravlev, Mashhurbek Abdisoliev, Mironshoh Eshpo'latov, Laziz Abduraimov, Amirxon Erkinov, Bilol Aliev, Muhammadodilxon Orifxonov, Suhrob Sadirjonov, Rustam Aliev, Abdulboriy Zoidjonov. 

Sergey Chigodaev shogirdlari dastlabki o'yinda mezbon Belarusga qarshi maydonga chiqib, 0:0 hisobidagi durangga rozi bo'lishdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia