"River Pleyt" 36-bor Argentina chempioniga aylandi

Alisher
26 noya 2021, 10:16
"River Pleyt" Argentina chempionatining 22-turida "Rasing" (4:0) ustidan g'alaba qozondi.

Jamoa o'zining eng yaqin taqibchisidan 12 ochko o'tib ketdi va o'zi uchun turnirdagi birinchi o'rinni naqd qilib qo'ydi.

"River Pleyt" o'z tarixida 36-bor Argentina chempioniga aylandi.

U bu borada mamlakat rekordchisi hisoblanadi. Ikkinchi o'rinda esa 28 titul bilan "Boka Xuniors".


AlisherMuallif
Manba: championat.asia