

Musa Tamari 34-daqiqada hisobni ochdi. Esteban Lepaul 69-daqiqada hisobni oshirdi. Usmon Dembele 2 daqiqada so'ng hisobni qisqartirdi, ammo 81-daqiqada Breel Embolo tomonidan urilgan gol bahs taqdirini hal qildi.
PSJ 22 turdan so'ng 51 ochko bilan Liga 1 jadvalida birinchi o'rinda bormoqda. Undan keyin kelayotgan va hali o'z o'yinini o'tkazmagan “Lans”da ochkolar soni 49taga teng.





