"Real" yozda Pasni "Komo"dan 9 mln evroga sotib olishga qaror qildi. Niko qayta sotilmaydi

Alisher Ostonov
26 dek 2025, 00:30
Niko Pas yozda "Real"ga qaytadi.

Madridliklar yarim himoyachini 2026 yilning o'rtalarida "Komo"dan 9 mln evroga sotib olishga qaror qilgan. 21 yoshli futbolchi shundan keyin qayta sotilmaydi, u jamoada qoladi.

Qayd etilishicha, "Komo" bunga qarshilik ko'rsatmaydi va boshqa klublarning aralashuvi istisno qilinadi.

Pas joriy mavsum A Seriyada 15 ta o'yinda maydonga tushdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: As