"Real" yarim himoyachisi "Shaxtyor"ga qaytadi

Sherzod Nurmatov
24 iyun 2024
Vinisius Tobiasning ijara muddati tugadi.

Ispaniyaning "Real" klubi yarim himoyachisi Vinisius Tobias Ukrainaning "Shaxtyor" jamoasiga qaytadi. Bu haqda braziliyalik futbolchi Instagram'da ma'lum qildi.

Xabar qilinishicha, 20 yoshli Tobiasning ijara muddati tugagan va "Real" yarim himoyachini 10 million evroga sotib olish variantini faollashtirmaslikka qaror qilgan.

Vinisius Tobias 2023/24 yilgi mavsum asosan "Kastilya"da o'ynadi. Braziliyalik futbolchi "Real"ning asosiy jamoasi safida Ispaniya Kubogida 1 ta o'yinda qatnashdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano