

Yanvar oyida turin klubi futbolchi uchun €50 mln taklifni rad etgan. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Ma'lumotga ko'ra, Italiya grandi 26 yoshli o'yinchini sotmoqchi emas, lekin €60-70 mln taklif kelsa, bu imkoniyatni ko'rib chiqishi mumkin.
Joriy mavsumda Kambyazo barcha turnirlar doirasida 35 o'yinda ishtirok etib, 2 gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor narxi €30 mln ni tashkil etadi.



