"Real" va "Barselona" Germaniya MTJ himoyachisi uchun kurashmoqda

Khoja
8 okt 2025, 09:00
"Borussiya D" himoyachisi Nik Shlotterbek faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

25 yoshli futbolchiga "Real Madrid" va "Barselona" jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Real" ushbu transfer orqali yozda jamoani tark etadigan Antonio Ryudiger va Davil Alabaning o'rnini to'ldirishni reja qilgan.

Germaniya klubi himoyachini 40 million evroga baholamoqda. Shlotterbekning "Borussiya" bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yozida yakunlanadi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com