La Liga. "Real Madrid" qiyin o'yinda "Real Sosedad"ni mag'lub etdi, madridliklar 32-daqiqada o'n kishi bo'lib qolishdi

Alisher Ostonov
13 sen 2025
La Liga 4-tur doirasidagi "Real Sosedad" - "Real Madrid" o'yini bo'lib o'tdi.

12-daqiqada Kilian Mbappe hisobni ochdi. Orada 20 daqiqa o'tib Dean Xyoysen qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Ammo, madridliklarning bir kishi kam bo'lib qolishi 44-daqiqada Arda Gyulerning raqib darvozasini ishg'ol qilishiga to'sqinlik qilmadi. Mezbonlar safida Mikel Oyarsabal 56-daqiqada penaltidan to'p kiritdi. Shundan so'ng darvozalarga boshqa to'p kiritilmadi.








Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia