"Real Sosedad" Monreal bilan shartnomani uzaytirdi

Alisher
1 apr 2021, 13:21
"Real Sosedad" himoyachisi Nacho Monreal klub bilan shartnomasini uzaytirdi.

Bu haqda basklar klubi rasmiy sayti xabar bermoqda. Tomonlar 1 mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolashdi.

Monreal 2019 yilning sentyabridan beri "Real Sosedad" sharafini himoya qiladi.

35 yoshli fulbek joriy mavsum barcha musobaqalarda 25ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.




AlisherMuallif
Manba: twitter.com/RealSociedad