"Real" Shlotterbekka qiziqmoqda

Alisher Ostonov
21 fev 2026
"Real" Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Niko Shlotterbekning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

26 yoshli germaniyalik futbolchi Madrid klubining yozgi transferlar davrida himoyani kuchaytirish bo'yicha ustuvor maqsadi hisoblanadi. Bitim summasi 50 million evro atrofida bo'lishi mumkin.

Shlotterbek "Borussiya" safida 2022 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Transfermarkt portali futbolchining narxini 55 million evroga baholamoqda.

Shlotterbek joriy mavsumda barcha musobaqalarda 26 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: AS