La Liga. "Real" o'z uyida "Selta"ga mag'lub bo'ldi, Garsiya va Kasseras qizil kartochka oldi

Alisher Ostonov
8 dek 2025
La Liga 15-tur doirasidagi "Real" - "Selta" o'yini bo'lib o'tdi.

Villiot Svedberg 53-daqiqada juda chiroyli gol urib, hisobni ochdi. 64-daqiqada Fran Garsiya ketma-ket ikkita sariq kartochka olib, maydonni tark etdi. Alvaro Karreras 90+2 daqiqa hakam bilan tortishuvdan so'ng chetlatildi. Villiot Svedberg 90+3 daqiqada Tibo Kurtuani aylanib o'tib, o'yinga nuqta qo'ydi.







Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia