"Real" muxlislari uchun xushxabar!

Alisher
9 mar 2024
"Real" himoyachisi Eder Militao chap tizzasidagi jarohatidan so'ng maydonga qaytishi mumkin.

Himoyachi "Selta"ga qarshi La Liga 28-tur o'yiniga tayyorgarlik doirasida "Real"ning umumiy guruh mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda, ammo klub himoyachining tiklanishi bilan tavakkal qilmoqchi emas. O'yinchining kelasi oydagi jamoa o'yinlarida qatnashishi taxmin qilinmoqda.

Eslatib o'tamiz, Eder Militao La Liganing 1-tur doirasidagi "Atletik"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi.

"Real" ayni damda La Ligada 27 turdan so'ng 66 ochko jamg'argan holda yetakchilik qilmoqda.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo