"Real Madrid" futbolchisini yozda 50 million evroga sotmoqchi

Khoja
13 mar 2026
Madridning "Real" jamoasi yarim himoyachi Eduardo Kamavinga uchun yozda takliflarni ko'rib chiqadi.

Bu haqda Madrid Xtra jurnalist Matteo Morettoga tayanib xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "qirollik klubi" tomonidan o'yinchi uchun boshlang'ich narx 50 million evro etib belgilangan.

Kamavinga "qirollik klubi"da 2021 yil yozidan beri o'ynaydi. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 31 ta o'yinda ishtirok etib, 2 gol va 1 golli uzatma qayd etdi. O'yinchi bilan shartnoma 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor narxi 50 million evroni tashkil etadi


KhojaMuallif
Manba: Madrid Xtra