

Bu haqida Fabricio Romano xabar bermoqda. “Qirollik klubi“ 20 yoshli futbolchi uchun Angliya jamoasiga 60 million evro to'laydi. Ushbu summaning 10 foizi “Yuventus“ga va yana 5 foizi “Malaga“ hisob raqamiga o'tadi. Qayd etilishicha, Madridning “Real” klubi Xyoysen uchun kurashda Londonning “Chelsi” va “Liverpul” klublarini mag'lub etdi.
Avvalroq, 20 yoshli futbolchi “Real“ga o'tishga qaror qilgani va boshqa klublarning takliflarini rad etayotgani haqida xabar berilgandi.
Joriy mavsum Din Xyoysen 34 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 1 ta golli uzatma bor.



