"Real" himoyachisini "Alaves"ga sotdi

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2025
Madridning "Real" klubi himoyachisi Yussuf Enrikes endi Ispaniyaning boshqa jamoasida o'ynaydi.

Madrid klubi 19 yoshli marokashlik futbolchi "Alaves"ga o'tgani haqida jamoatchilikka ma'lum qildi. Himoya chizig'i futbolchisi 4 yillik mehnat shartnomasiga imzo chekdi.

Xabar qilinishicha, transfer summasi 3 million evroni tashkil qiladi.

Maydonda 35 o'yin, 1 ta gol va 4 ta golli uzatma – bular Enrikesning Madrid klubi ikkinchi jamoasidagi ko'rsatkichlari.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: realmadrid.com