"Real" futbolchisini La Liga klubiga sotadi

Sherzod Nurmatov
11 iyul 2025, 14:30
Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Viktor Munos faoliyatini "Osasuna"da davom ettirishi mumkin.

Insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, Madrid klubi 21 yoshli ispaniyalik uchun 6 million evro va kelajakda sotuv summasining 50 foizini oladi.

Munos o'tgan mavsum "Real" safida 4 o'yin o'tkazdi.

Avvalroq "qaymoqranglilar" "Liverpul" himoyachisi Ibraima Konatega qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano