"Real" futbolchisini ijaraga berishi mumkin

Sherzod Nurmatov
24 fev 2026
"Real" vinger Franko Mastantuononi ijaraga berish variantni ko'rib chiqmoqda.

Madridliklarning fikricha, katta raqobat sabab o'yinchining rivojlanishi sekinlashgan. "Qaymoqranglilar" Mastantuononi o'yin amaliyoti uchun ijaraga yuborishi mumkin. "Real" bunday istedod zaxirada o'tirib qolishini istamaydi.

Franko Mastantuono Madridga yozda ko'chib o'tgandi. U avval "River Pleyt" safida harakat qilgan. Argentina chempionatida 24 o'yinda qatnashib, 1 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com