"Real" futbolchisi Valverde jahon rekordini o'rnatdi

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2025, 16:35
"Marca" gazetasi o'tgan mavsum maydonda eng ko'p vaqt harakat qilgan futbolchilar reytingini e'lon qildi.

Ma'lum bo'lishicha, "Real" yarim himoyachisi Federiko Valverde 6000 daqiqalik chegarani kesib o'tib, dunyo rekordini o'rnatgan.

Federiko "Real" va Urugvay terma jamoasi uchun 72 o'yinda 6116 daqiqa o'tkazdi. Ikkinchi o'rinda "Manchester Yunayted" va Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh – 5,796 daqiqa, uchinchi pog'onada "Milan" va Fransiya terma jamoasi darvozaboni Mayk Menyan (5,624) qayd etilgan.



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca