"Real" yetakchilari "Manchester Siti"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushmaydi

Khoja
1 mar 2026
Kilian Mbappening tizzasidagi muammosi sababli yaqin oradagi o'yinlarda "Real"ga yordam bera olmaydi.

Carrusel Deportivo xabar berishicha, Mbappe Chempionlar Ligasining "Manchester Siti"ga qarshi birinchi bahsida ishtirok etmaydi, lekin javob o'yiniga qadar tiklanishi mumkin. "Real" va "Manchester Siti" o'rtasidagi birinchi o'yin 11 mart kuni Madridda, javob o'yini esa 17 mart kuni Manchesterda bo'lib o'tadi.

Avvalroq fevral boshida jarohat olgan Jud Bellingem ham "Manchester Siti"ga qarshi o'yinlarda jamoasiga yordam bera olmasligi ma'lum qilingandi.

2025/2026 mavsumida Kilian Mbappe 33 ta o'yinda maydonga tushdi, ularda 38 ta gol urdi va jamoadoshlariga 6 ta golli uzatma berdi.


KhojaMuallif
Manba: Carrusel Deportivo