"Real" chap qanot himoyachisi sotib oldi

Mirjalol Normatov
9 iyun 2023
Himoyachi Fran Garsiya "Rayo Valekano"dan "Real"ga o'tdi.

U o'zi tarbiya topgan Madrid klubi bilan 3 yillik shartnomaga qo'l qo'ydi. Garsiya 2020 yili "Rayo" tarkibiga ko'chib o'tgan va o'shanda shartnomada "Real" futbolchisini yarim puliga qaytarib olish huquqi kiritilgandi. Demak, futbolchisini 10 mln evroga sotgan "Real" 5 mln evro evaziga qaytarib oldi.

Fran Garsiya ushbu mavsumda 3408 daqiqa maydonda harakat qildi va LaLiganing ushbu mavsumidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal