"Real" afsonaviy darvozabon vafot etganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
29 sen 2025
Madridning "Real" klubi afsonaviy darvozabon Xose Arakistan hayotdan ko'z yumgani haqida xabar berdi.

"Qirollik klubi" tarixidagi ulug' darvozabonlardan biri 88 yoshida olamdan o'tdi.

Arakistan 1961 yildan 1968 yilgacha "Real" safida to'p tepgan va bir marta Yevropa Chempionlari Kubogi, olti marta Ispaniya chempionati va bir marta Ispaniya Kubogini qo'lga kiritgan.

Arakiston "qaymoqranglilar" uchun 97 o'yin o'tkazgan. U 1966 yilda Bryusselda "Real"ni oltinchi evrokubokdagi g'alabasiga olib kelgan darvozabon bo'lgan. Shuningdek, Ispaniya terma jamoasida olti marta o'ynagan.

Eslatib o'tamiz, "Real" 30 sentyabr kuni Chempionlar Ligasi doirasida Olmaotaning "Qayrat" jamoasi bilan o'ynaydi. Avvalroq mazkur bahsni boshqarib boradigan hakam ma'lum qilingan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: realmadrid.com