

"O'yin 120 daqiqa bizning nazoratimiz ostida o'tdi. Ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik. Biroq ozgina kreativliklar etmagani sababli gol ura olmadik. Xitoy jamoasi kutkanimizdek juda yaxshi himoylandi. Afsuski penaltida omadimiz kelmadi. Yigitlarga hech qanday etirozim yo'q, ular turnir davomida har bir uchrashuvda borlarini berib harakat qilishdi. Afsuski bugun bizning kun emas ekan, penaltilar seriyasida omadimiz kelmadi. Shu tariqa, turnirdagi yurishimizni shu yerda to'xtashiga majbur bo'ldik. Ammo yana bir bor takidlayman, futbolchilarimga yana bir bor minnatdorchilik bildiraman. Ular qo'ldan kelgancha harakat qilishdi. Muxlislarimizdan bizdan doim g'alabalar kutishadi, ulardan bugungi mag'lubiyat uchun uzr so'raymiz.
Ammo bugun mag'lub bo'lganimizga qaramasdan, o'yin bo'yicha hech qanday uyaladigan joyimiz yo'q. Penaltilar seriyasi - lotareya. Unda bizga omad kulib boqmadi".



