Rasmus Xoylundga Germaniyadan davogar paydo bo'ldi

Alisher Ostonov
17 avg 2025
"Manchester Yunayted" hujumchisi Rasmus Xoylund uchun ikki yangi klub kurashga qo'shildi.

Futbolchining xizmatlariga Dortmundning "Borussiya" klubi qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, nemis klubi Xoylund atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda. Shuningdek, "Fulxem" MYU forvardining transfer imkoniyatlarini o'rganmoqda.

Ammo, Daily Mail nashrining yozishicha, "Fulxem" rasmiy taklif berishdan oldin daniyalikning London g'arbiga ko'chib o'tishga tayyorligi haqida kafolat olishni istaydi.

Rasmus Xoylund "Manchester Yunayted" safida jami 95 ta o'yin o'tkazib, ularda 26 ta gol va 6 ta assist qayd etdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Sky Sports