Rasmiy xabar: Azim Ahmedov – "Turon" futbolchisi

Iskandarov Abdulaziz
23 dek 2022, 19:51
Yangi mavsumdan O'zbekiston Superligasida ishtirok etadigan "Turon" tarkibni yanada kuchaytirish maqsadida transfer jarayonlariga qizg'in kirishdi.

 "Xususan, bugun O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchi Azimjon Ahmedov jamoamiz safiga qo'shildi. Tajribali futbolchi va klubimiz o'rtasida bir yillik muddatga mo'ljallangan rasmiy shartnomaga imzo chekildi.

Ma'lumot uchun, Azimjon Ahmedov bugunga qadar "Navbahor", "Paxtakor" klublarida, shuningdek O'zbekiston milliy terma jamoasi safidagi o'zining yorqin o'yinlari bilan futbol muxlislarining mehrini qozongan. 

Klubimiz vakillari va barcha futbol muxlislari nomidan Azimjon Ahmedovning jamoamizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilab qolamiz",- deya xabar beradi klub matbuot xizmati.  



Avvalroq Azim Ahmedovning "Turon"ga o'tayotgani haqida saytimiz orqali xabar bergan edik. 

Eshitdik-da! Azim Ahmedov yangi mavsumni qayerda boshlashi ma'lum


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia