Rasman: Sardor Rashidov - "Quvayt SK" futbolchisi!

Mirjalol Normatov
18 iyul 2021, 17:41
"Quvayt SK" futbol klubi Sardor Rashidovning tarkibga qo'shib olinganligini ma'lum qildi.

Ushbu transferni uch kun oldin saytimiz orqali ma'lum qilgandik.

Bugun esa "Paxtakor" rasmiy telegram kanali ham Sardor Rashidovning "Quvayt SK"ga o'tishini yozib o'tgandi.

"Quvayt SK" - Quvayt mamlakati shahzodasi qo'l ostidagi jamoa hisoblanadi. Mamlakatda asosiy e'tibor shu jamoaga qaratilgan va oldiga doim yuqori maqsadlar qo'yiladi.

Ayni damda tarkibida Jon Obi Mikel hamda Mbokani kabi futbolchilari bor jamoa OFK Kubogidagi ishtirokini davom ettirmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: instagram.com/43_kw/