Rasman: Ruben Loftus-Chik "Milan" futbolchisiga aylandi

Administrator
1 iyul 2023, 00:22
Futbolchi klub bilan shartnoma imzoladi.

"Milan" rasman Ruben Loftus-Chik transferini e'lon qildi. 27 yoshli yarim himoyachi milanliklar bilan 2027 yilga qadar shartnoma imzoladi. "Milan" Ruben Loftus-Chik uchun "Chelsi"ga 15 mln evro (+bonuslar) to'laydi. 

Ma'lumot uchun, Ruben Loftus-Chik "Chelsi" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O'tgan mavsum "Chelsi" safida 25 ta o'yinda maydonga tushdi va bitta assist qayd etdi.


AdministratorMuallif
Manba: acmilan.com