Rasman: Pyanich Fayzullaevning jamoadoshiga aylandi!

Mirjalol Normatov
26 sen 2024
Italiyaning 4 karra chempioni Miralem Pyanich SSKA futbolchisiga aylandi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, Miralem jamoa tarkibida 15-raqamda o'ynaydi.

Pyanich "Yuventus" tarkibida 4 marta Italiya chempionligi, 2 marta Italiya Kubogini qo'lga kiritgan va bir marta YCHL finalchisi bo'lgan. Shuningdek, u "Lion", "Roma" va "Barselona" kabi jamoalar tarkibida ham o'ynagan.

Bosniya termasi tarkibida esa 115 o'yinda qatnashib, 17 gol va 29 assist qayd etgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia