

"Yangi mavsum oldidan jamoani yanada kuchaytirish va murabbiylar shtabi faoliyatini takomillashtirish maqsadida "konchilar" tarkibida muhim yangilanish amalga oshirildi. Mamlakatimiz futbol ixlosmandlariga yaxshi tanish bo'lgan Denis Aleksandrovich Ivankov rasman OKMK FK murabbiylar shtabi a'zosiga aylandi.
2004 yildan buyon murabbiylik faoliyatini olib borayotgan 53 yoshli tajribali mutaxassis shu kunga qadar "Kimyogar", "Mashal", "Paxtakor", "Nasaf", "Neftchi", "Knyaja" (Ukraina) klublari hamda O'zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida samarali faoliyat yuritgan. Endilikda, OKMK FK va murabbiy o'rtasida 2 yillik shartnoma imzolandi", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.


Avvalroq O'zbekiston MTJ sobiq murabbiyi faoliyatini OKMKda davom ettirishi haqida xabar bergan edik.



