Rasman: Oleksandr Kucherenko - "Lokomotiv" futbolchisi

Mirjalol Normatov
11 dek 2025
"Lokomotiv" yangi mavsum oldidan ilk transferni e'lon qildi.

"Superliganing yakunlangan mavsumida "Dinamo" sharafini himoya qilgan Oleksandr Kucherenko endi jamoamiz a'zosi.

Ushbu yilda 30 o'yinda maydonga tushib, 1 gol urgan markaziy himoyachi 2026 yilda "Lokomotiv" sharafini himoya qiladi.

Biz bilan bo'ling, hali oldinda yangiliklar ko'p", - deb yoziladi klub bayonotida.



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати