Rasman: Oleg Zoteev - "So'g'diyona" futbolchisi!

Mirjalol Normatov
5 yanv 2024
"So'g'diyona" qishki transferlar oynasida o'z tarkibini kuchaytirishda davom etadi.

O'tgan mavsum "Lokomotiv" jamoasi sharafini himoya qilgan tajribali himoyachi Oleg Zoteev "So'g'diyona" bilan shartnoma imzoladi.

Ma'lumot o'rnida, Oleg Zoteev 1989 yil 5 iyulda Samarqand shahrida tavallud topgan. Oleg Zoteev o'tgan mavsumda "Lokomotiv" tarkibida 20ta uchrashuvda maydonga tushib o'z hisobiga 1ta gol va 5ta golli to'p uzatma yozidirib qo'ygan.

Futbolchi faoliyati davomida Zoteev "Bunyodkor", "OKMK", "Lokomotiv", "Jeonnam Dragons", "Qizilqum" jamoalarida to'p tepgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Сўғдиёна" матбуот хизмати