Rasman: "Navbahor" ikki legioner bilan shartnoma imzoladi

Aslanov Jasurbek
16 fev 2026, 23:54
"Navbahor" PFK matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko'ra, jamoa himoya va hujum chizig'ini yangi nomlar bilan kuchaytirdi.

Namanganning "Navbahor" jamoasi yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda. "Lochinlar" safiga bir yo'la ikki nafar xorijlik futbolchi - gruziyalik himoyachi va kongolik hujumchi kelib qo'shildi.

Giorgi Jgerenaya - Tajribali himoyachi

Namanganliklar mudofaa qo'rg'onini mustahkamlash maqsadida 32 yoshli gruziyalik futbolchini taklif qilishdi.

Tug'ilgan sanasi: 28.12.1993 (Tbilisi, Gruziya)

Amplua: Himoyachi

Sobiq jamoalari: Gagra, Norcha Dinamoeli, Samtredia, Merani (barchasi Gruziya), Ilichyovec, Nikolaev, Dinamo-2 (barchasi Ukraina).

So'nggi klubi: 2021 yildan buyon Gruziyaning Iberiya klubi sharafini himoya qilib kelayotgandi.

Terma jamoa: Gruziyaning turli yoshdagi terma jamoalarida to'p tepgan.

Katulondi Kati - Hujumga yangi qon

"Lochinlar" hujum chizig'idagi raqobatni oshirish uchun Afrika qitasidan legioner jalb qilindi.

Tug'ilgan sanasi: 19.10.1999 (Kongo DR)

Amplua: Hujumchi

Sobiq jamoalari: Dofen Nuar, Motema Pembe (Kongo DR).

So'nggi klubi: 2022 yildan buyon Marokashning Hassaniya (Agadir) klubida o'ynab kelayotgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати