

Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi.
"Jamoamiz tarkibi yana bir tajribali futbolchi bilan kuchaytirdi. Xurshid Muxtorov jamoamiz bilan rasmiy shartnoma imzoladi.
Xurshid Muxtorov o'z faoliyati davomida O'zbekiston va xorijning bir qator klublarida to'p tepib, katta tajriba to'plagan. Tajribasi, jismoniy kuchi va ishonchli o'yini bilan u jamoamiz himoya chizig'ini yanada mustahkamlashiga ishonamiz", – deyiladi xabarda.
Faoliyati davomida u bir qator klublar sharafini himoya qilgan: "Guliston", "Lokomotiv", "Qo'qon-1912", "So'g'diyona", OKMK, "Nasaf", "Navbahor", "Neftchi", "Turon", "Persik".



