Rasman: "Milan" navbatdagi transferini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
22 iyul 2023
"Milan" matbuot xizmati Noa Okaforning "Zalcburg"dan transfer qilinganini ma'lum qildi.

Shveytsariyalikning transfer summasi 13-15 mln evroni tashkil qiladi. Klub va futbolchi 2028 yilga qadar shartnoma imzolaydi. 23 yoshli xavbek "Milan"da 17-raqamda o'ynaydi.

Okafor "Zalcburg" tarkibida 110 o'yinda 34 gol va 23 assist qayd etdi. Shuningdek, milliy terma tarkibida 14 o'yinda ishtirok etgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/ACMilan