Rasman: Matyuidi - "Inter Mayami" o'yinchisi

Alisher
13 avg 2020
"Yuventus" sobiq yarim himoyachisi Blez Matyuidi "Inter Mayami" o'yinchisiga aylandi.

33 yoshli futbolchi bilan tuzilgan bitim shartlari ma'lum qilinmayapti. Francuz jamoada 8-raqam ostida to'p tepadi.

"Mening do'stim Blez Matyuidini "Inter"da kutib olishdan xursandman. Iqtidorli o'yinchi va ajoyib inson.

Tarkibda Jahon chempionining bo'lishi - klub xo'jayinlari va muxlislari uchun ham muhim lahzadir. Klubga sobiq jamoadoshimning kelgani - men uchun alohida bir lahzadir", - deydi Bekxem.

Matyuidi "Yuventus"da 3 mavsum to'p tepdi va 5ta sovrinni qo'lga kiritdi.


AlisherMuallif
Manba: intermiamicf.com