Rasman: "Manchester Yunayted" Reshford bilan yangi shartnoma imzoladi

Tolibjon Qosimov
1 iyul 2019, 18:33
MYU jamoa hujumchisi Markus Reshford bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi.

Tomonlar 2023 yilning iyun oyiga qadar mo'ljallangan bitimga imzo chekishdi. Kelishuvni avtomatik tarzda yana bir yilga uzaytirish borasida band bor. Yani, yangi bitim 4+1 ko'rinishida imzolandi.

21 yoshli Reshford "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u 7 yoshidan beri klubda. Markus MYUda 170ta o'yin o'tkazishga ham ulgurgan.


P.S. Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, Reshfordning "Yunayted"dagi maoshi haftasiga 300 ming funtni tashkil etadi. Bugungi kunda jamoada Pol Pogba ham aynan shuncha maosh oladi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: manutd.com