Rasman: "Manchester Yunayted" Daniel Jeymsni tanishtirdi

Tolibjon Qosimov
12 iyun 2019
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi vinger Daniel Jeymsni rasman tanishtirdi.

"Qizil iblislar" 7 iyun sanasida Jeyms transferini e'lon qilishgan edi. Bir necha daqiqa oldin esa u bilan shartnoma imzolandi va rasman tanishtirildi.


MYU uelslik uchun "Suonsi"ga 18 million funt sterling to'laydi. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma 5 yilga tuzildi. Unda kelishuvni avtomatik tarzda yana bir yilga uzaytirish bandi ham bor.

Daniel Jeyms ishtirokida fotosessiya o'tkazishga ham ulgurildi.


VIDEO



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: manutd.com