

"Yuventus" Spallettining bosh murabbiylikka tayinlanganini e'lon qildi. Shartnoma mavsum oxirigacha tuzilgan bo'lib, YCHLga chiqish sharti bilan 2 yilga uzaytirish imkoniyati mavjud. Taqdimot juma kuni bo'lib o'tadi.
Bundan oldin "Yuventus" 8 ta o'yinda g'alaba qozona olmagan Igor Tudorni iste'foga chiqargan edi. Jamoa hozirda A Seriyasida 8-o'rinni egallab turibdi.



