Rasman: "Lokomotiv" Amonovning "Istiqlol"ga o'tganini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
4 fev 2022, 14:55
"Lokomotiv" matbuot xizmati hujumkor yarim himoyachi Azizbek Amonov Eronning "Istiqlol" jamoasiga o'tganini tasdiqladi.

Hujumkor yarim himoyachi Azizbek Amonov faoliyatini Eronning 8 karra chempioni, ayni damda mamlakat chempionatida peshqadamlik qilayotgan "Istiqlol" jamoasida davom ettiradi.

O'tgan mavsum jamoamiz tarkibidagi o'yinlari orqali nafaqat muxlislar mehrini qozongan futbolchimiz O'zbekiston milliy termasida ham debyutini amalga oshirdi va ikkita gol ham urishga erishdi.

Azizbek Amonovning "Lokomotiv"dagi statistikasi:

2017 yil. 11 o'yin 1 gol

2018 yil. 13 o'yin 1 gol

2019 yil. 8 o'yin 1 gol

2020 yil. 13 o'yin 1 gol

2021 yil. 26 o'yin 8 gol

Eshitdik-da! Azizbek Amonov Eron klubiga o'tmoqda


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати