Rasman: Lingard APLning boshqa klubiga o'tdi

Оқил Абдубарноев
22 iyul 2022
Jessi Lingard "Nottingem Forest" futbolchisiga aylandi.

"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisining transferini klub xo'jayini Evangelos Marinakisning o'g'li Miltiadis Marinakis tasdiqladi.

Miltiadis o'yinchining "Nottingem Forest" libosini ushlab turgan suratini joyladi va "Xush kelibsan, Jessi Lingard" deya izoh yozdi.

Shundan so'ng klub bu transferni rasman tasdiqladi va Lingard 10-raqam sohibiga aylanganini ma'lum qildi. The Athletic xabariga ko'ra, futbolchi jamoa bilan bir yillik shartnoma imzolagan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Athletic