Rasman: Krixovyak Saudiya Arabistoni klubiga o'tdi

Eldor Akmurzayev
9 iyul 2022, 08:50
“Krasnodar” yarim himoyachisi Gjegoj Krixovyak faoliyatini Osiyoda davom ettiradi.

“Ash Shabob” futbolchining transferini e'lon qildi. U yakunlangan mavsumning 2-qismini ijara asosida AEKda o'tkazdi.

Eslatib o'tamiz, 32 yoshli polshalik 2021 yil avgustida “qora-yashillar” a'zosiga aylangandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru