

BAA futbol federatsiyasi rasman ruminiyalik mutaxassis Kosmin Olariuni terma jamoa bosh murabbiyi sifatida e'lon qildi.
55 yoshli mutaxassis faoliyati davomida Saudiya Arabistoni terma jamoasi, "Al Hilol", "Al Ain", "Shabab Al Ahli" jamoalarida faoliyat olib borgan. Ayni paytda esa "Sharja" jamoasini boshqarmoqda.
Jamoa jahon chempionati saralash bosqichi "A" guruhida BAA termasi 8 o'yindan so'ng 13 ochko jamg'argan holda 3-o'rinda bormoqda. Amirliklar navbatdagi uchrashuvni 5 iyun kuni o'z maydonida O'zbekistonga qarshi o'tkazadi, so'ngra Qirg'iz Respublikasiga safar uyushtiradi.
Bentuning o'rniga BAAni boshqarishga asosiy nomzod nomi ma'lum
Yaqin soatlarda BAA terma jamoasining yangi bosh murabbiyi e'lon qilinishi kutilmoqda




