Rasman: Kongo DR - O'zbekistonning JCHdagi guruhdoshi!

Sherzod Nurmatov
1 apr 2026
Kongo Demokratik Respublikasi qitalararo pley-off finalida Yamayka bilan ro'baro' keldi.

Meksikaning Zapopan shahrida kechgan uchrashuvda 0:0 hisobi qayd etildi va qo'shimcha taymning 100-daqiqasida Aksel Tuanzebe urgan gol evaziga Kongo DRning qo'li baland keldi.

Kongo DR Jahon chempionati “K“ guruhida O'zbekiston, Portugaliya va Kolumbiya bilan o'ynaydi.

Kongo DR – Yamayka 1:0

Gol: Aksel Tuanzebe

Kongo DR: Mpasi-Nzau, Uan-Bissaka, Mbemba, Tuanzebe, Masuaku (Kayambe, 105), Elia (Bongonda, 58), Mutussami (Pikel, 120+1), Sadiki (Mukau, 73), Mbyukyu (Kayembe, 67), Vissa (Sipenga, 91), Bakambu.

Yamayka: Bleyk, Latibodier, King, Pinnok, Uebster (Bell, 90), Xeyden (Frey, 83), Palmer (Norman Kempbell, 91), Beyli, Dekordova-Rid (Xoll, 83), Tayris Kempbell (Meyson-Klark, 74), Kadamarteri (Sefas, 74).

Ogohlantirishlar: Uebster (35), Kadamarteri (63).

congo.png

Mundial AQSH, Meksika va Kanada mezbonligida 11 iyundan 19 iyulga qadar davom etadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia