Rasman: Kepa "Arsenal"ga o'tdi

Administrator
1 iyul 2025
Kepa Arrisabalaga "Arsenal" safiga qo'shildi.

"To'pchilar" 30 yoshli darvozabon bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qildi.

Xabarlarga ko'ra, "Arsenal" Kepaning "Chelsi" bilan tuzilgan shartnomasidagi 5 million funt sterlinglik tovop pulini to'lagan.

Kepa 2018 yilda "Atletik"dan "Chelsi"ga o'tgan va klub bilan Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi, UEFA Superkubogi hamda klublar jahon chempionatida g'alaba qozongan. 2023/24-yilgi mavsumda u "Real"ga ijaraga kyetib, Ispaniya chempioni unvonini qo'lga kiritdi, mamlakat Superkubogi va Chempionlar ligasida g'olib bo'ldi.

2024/25-yilgi mavsumni Kepa "Bornmut"da ijara asosida o'tkazdi va u yerda Angliya Premer-ligasida 31 ta o'yin o'tkazdi (shulardan 8 tasida darvozasini quruq saqladi).


AdministratorMuallif
Manba: arsenal.com