Rasman: Fyodor Chalov - PAOK futbolchisi!

Omonjon To`xtamirzayev
1 avg 2024, 18:50
Gretsiya grandi rossiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

PAOK klubi vice-prezidenti Kiriakos Kiriakos kelishuvga erishilganini rasman tasdiqladi. Rossiyalik hujumchi grek klubi bilan 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolagani aytilmoqda.

Moskvalik "armiyachilar" yetakchisi transferi uchun 3 mln evro ishlab oladi.

Fedor butun faoliyatini SSKA sharafini himoya qilgan va 2021/22-yilgi mavsumni ijarada "Bazel" klubida o'tkazgan. Shveytsariyada muvaffaqiyatga erisha olmagan Fyodor RPLga qaytgan.


SSKA hujumchisi Gretsiya klubi bilan shartnoma imzolaydi


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: