Rasman: Fernandu Santush "Beshiktosh" bosh murabbiyiga aylandi

Administrator
7 yanv 2024, 22:56
Portugaliya termasi sobiq bosh murabbiyi Turkiyada ishlaydi.

"Beshiktosh" klubi o'ziga yangi bosh murabbiy tayinladi. Portugaliya va Polsha termalaridagi faoliyati bilan tanish bo'lgan Fernandu Santush turk klubini boshqaradi. 69 yoshli murabbiyning so'nggi ish joyi Polsha terma jamoasi edi. 

Ayni damda "Beshiktosh" klubi Turkiya chempionatida 6-o'rinda bormoqda. Birinchi o'rinda borayotgan "Fenerbaxche" "Beshiktosh"dan 18 ochko ildamlab ketgan.


AdministratorMuallif
Manba: bjk.com.tr